29 mar 10:12
Yangiliklar

Ikkinchi raketkani mag'lub etgan Sergey Fomin 1/2 finalda!
Hamyurtimiz dastlabki ikki bosqichda ispaniyalik tennischilarni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz 1/4 finalda yana uch setlik uchrashuv o'tkazdi. Bu safar turnirning ikkinchi raketkasiga chiqish eshiklari ko'rsatildi.
Fomin 2 soatu 7 daqiqa davom etgan bahsda italiyalik Gabriel Pirainoni 6/2, 3/6, 6/1 hisobida taslim etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bugun Sergey final chiptasi uchun rossiyalik 22 yoshli Svyatoslav Gulinga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 543, Gulin 475-o'rinni egallab turibdi. Sergeyning kechagi raqibi Gabriel Piraino esa reytingning 429-pog'onasidan joy olgandi.
Fikrlar