22 iyu 11:28
Yangiliklar
Suv sporti turlari, Parij-2024
Ilya Sibircev ham Parij-2024 Olimpiadasiga boradi + FOTO
Kanadaning Vankuver shahrida suzish bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, terma jamoamiz azosi Ilya Sibircev 800 metr masofaga erkin suzish bahslarida 7:50,05 vaqt natijasi bilan Olimpiya o'yinlari kvalifikaciyasi meyorini bajardi. Sibircevning shaxsiy rekordi 2019 yilda o'rnatilgan bo'lib, 7:48,05 vaqt natijasini tashkil etardi. Endi Ilya Parij-2024 Olimpiadasi suzish musobaqasining 800 metr masofaga o'tkaziladigan startida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Ilya Sibircev Rossiyada tug'ilgan bo'lib, bu yildan xalqaro arenada O'zbekiston sharafini himoya qilyapti. Butunjahon suv sport turlari federaciyasi sport fuqaroligini almashtirgan Sibircevning O'zbekiston nomidan ishtirok etishini rasman tasdiqlagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar