23 may 14:23
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Ilya Sibircev Kanadadagi xalqaro musobaqaning uchta dasturida tengsiz bo'lgan holda o'ziga tegishli O'zbekiston rekordini yangiladi
Kanadada suzish bo'yicha The 60th Annual Mel Zajac Jr. International Swim Meet xalqaro turniri o'tkazildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ilya Sibircev ham ishtirok etib, yakunda quyidagi uchta dasturda g'olib bo'ldi:
400 m masofaga erkin usulda suzish — 3:48.26 (1-o'rin)
800 m masofaga erkin usulda suzish — 7:56.93 (1-o'rin)
1500 m masofaga erkin usulda suzish — 15:23.99 (1-o'rin).
Takidlash joiz, 400 m masofaga erkin usulda suzish dasturidagi natijasi orqali Sibircev O'zbekistonning yangi rekordini o'rnatdi. Avvalgi rekord ham Ilyaga tegishli edi — (3:48.57 INDY MAY CUP 2024).
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar