24 dek 19:15
Yangiliklar
Futbol
Indoneziya klubi oxirgi daqiqalarda 12-futbolchini maydonga tushirdi
Indoneziyaning "PSM Makassar" klubi "Barito Putera"ga qarshi bahsda ayyorlikka qo'l urdi.
So'nggi daqiqalarga kelib, "PSM Makassar" 3:2 hisobida oldinda borayotgandi. G'alabani qo'ldan boy bermaslik maqsadida jamoa hech kimga sezdirmay 12-futbolchini maydonga tushirib yubordi va chindan ham hakamlar brigadasi buni sezmay qoladi. Natijada, ayyorlik ish berib, uchrashuvda hisob o'zgarmaydi.
Biroq raqib jamoa vakillari o'yindan so'ng foto va video isbotlarni taqdim etib, "Makassar" nohaq g'alaba qozongani bo'yicha ariza topshiradi. Hozircha bu borada rasmiy qaror chiqarilmagan, lekin katta ehtimol bilan ""PSM Makassar"ga texnik mag'lubiyat (0:3) yoziladi.
Havola :
Manba : DeadlineDayLive
Fikrlar