06 iyu 14:03
Yangiliklar
Bokschilarimizning Osiyo chempionatidagi yurishi boshlandi
U19 va U23 yosh toifasidagi qita birinchiligining ilk kuni terma jamoamizning 4 nafar vakili ringga chiqishi rejalashtirilgan edi. Biroz avval ulardan ikki nafari o'z janglarini g'alaba bilan yakunladi.
Dastlab -50 kg vazn toifasidagi bokschimiz Amirbek Ismoilov hindistonlik Vishvanat Sureshga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ilhomjon Ergashev esa qatarlik Faysal Mohamedga qarshi ringga chiqdi. Birinchi raunddan keyin Faysalning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.
Birozdan so'ng, aniqrog'i, 15:00da -55 kg vazndagi bokschimiz Faryozbek Do'smatov filippinlik Eljay Pamisaga qarshi jang o'tkazadi. Faryozbek Hasanboy Do'smatovning ukasi hisoblanadi. Soat 17:15da boshlanajak yana bir jangda esa -60 kg vazn toifasi vakili Abdurahmon Mahmudjonov mo'g'ulistonlik Dulguunsaixan Xarxu bilan hisob-kitob qiladi.

Fikrlar