19 jan 15:11
Yangiliklar
Futbol
Inesta Afrikaning Top terma jamoasi murabbiylar shtabiga kirishi mumkin
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta Marokash Qirollik futbol federaciyasi (FRMF) etiboriga tushdi.
41 yoshli ispan futbolchisi Marokash va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi Afrika Kubogi finalini ko'rish uchun Rabat shahriga taklif qilingan. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, FRMF Inestaning Marokash terma jamoasi murabbiylar shtabiga kirishiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Inesta yaqindagi bayonotlarida elit futbol dunyosi bilan bog'liq bo'lish istagini bildirgan va kelajakda bosh murabbiy yoki sport direktori sifatida ishlashga tayyorligini aytgan. Marokashda 2030 yilgi jahon chempionatini Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda o'tkazish tufayli ulkan futbol loyihasi mavjud.

Havola :
Fikrlar