11 sen 18:05
Yangiliklar
Futbol
Marokash JCH-2030 finalini qabul qilishini malum qildi
Marokash Qirolligi futbol federaciyasi (FRMF) prezidenti Fuzi Lekja Kasablanka yaqinidagi Bensliman viloyatida qurilayotgan yangi stadion JCH-2030 finaliga mezbonlik qilishini bildirdi.
Avgust oyida "The Times" nashri FIFA prezidenti Janni Infantino bo'lajak saylovda qo'llab-quvvatlanish evaziga FRMF'ga JCH-2030 finalini o'tkazish huquqini vada qilgani haqida xabar bergandi. FIFA ushbu malumotni rad etdi va hal qiluvchi bahs o'tkaziladigan joy bo'yicha qaror keyinroq qabul qilinishini malum qildi.
"Bensliman viloyati 2030 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati finalini qabul qilish sharafiga muyassar bo'ladi", – deya saylovoldi mitingida Lekjaning aytgan so'zlarini keltiradi EFE.
Ayni paytda Kasablanka yaqinida 115 ming tomoshabinga mo'ljallangan va sig'imi bo'yicha dunyodagi eng katta arenaga aylanadigan "Hasan II" stadioni qurilmoqda.

Havola :
Fikrlar