06 mar 17:17
Yangiliklar
Futbol
Inesta JCH-2026 ishtirokchi terma jamoasida ish boshladi
"Barselona" sobiq futbolchisi Andres Inesta Marokash terma jamoasining sport direktori lavozimiga tayinlandi.
Mashhur ispaniyalikning tayinlangani haqida Marokash qirolligi futbol federaciyasi matbuot xizmati malum qildi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi esa Muhammad Uahbi bo'ldi. U bundan oldin Marokash yoshlar terma jamoasi bilan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.
Mart oyi oxirida marokashliklar Ekvador va Paragvay terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi. Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida esa "atlas sherlari" Braziliya, SHotlandiya va Gaiti jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi.
Havola :
Manba : frmf.ma
Fikrlar