14 may 08:04
Yangiliklar
Inoue - Nakatani jangi Golovkin - "Kanelo" jangini chiptalar savdosi bo'yicha ortda qoldirdi
Inoue va Nakatani 2 may kuni Tokiodagi Tokyo Dome arenasi 55 ming tomoshabin ko'z o'ngida jang qilishgandi. Naoya "Monstr" ushbu jangda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, o'z kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Elon qilingan malumotlarga ko'ra, ushbu tadbirga chiptalar sotuvidan tushgan daromad 32 million dollarni tashkil etgan. Bu esa Naoya Inoue - Dzyunto Nakatani jangi ushbu ko'rsatkich bo'yicha to'rtinchi o'rinni egallab, Gennadiy Golovkin va Saul "Kanelo" Alvares o'rtasidagi birinchi jangni beshinchi o'ringa tushirib qo'ydi. 2017 yil o'tkazilgan Alvares - Golovkin jangi tashkilotchilarga Las-Vegas kassalaridan 27,1 million dollar daromad keltirgan edi.
Birinchi uchlikni Floyd Meyvezer - Menni Pakyao (2015 yil, 72,2 million dollar), Floyd Meyvezer - Konor Makgregor (2017 yil, 55,4 million dollar) va Terens Krouford - Saul Alvares (2025 yil, 47,2 million dollar) janglari tashkil etadi.

Fikrlar