06 may 09:28
Yangiliklar
Inoue - Nakatani jangi Yaponiyada chiptalar va pullik translyaciyalardan tushgan daromad bo'yicha barcha rekordlarni yangiladi
Yahoo Japan hisob-kitoblariga ko'ra, ushbu jang 2022 yilda kikbokschilar Tenshin Nasukava va Takeru Segova tomonidan o'rnatilgan 32 million dollarlik chiptalar daromadi bo'yicha rekordni yangiladi. Jami 55 mingta chipta (Tokyo Dome majmuasining maksimal sig'imi) 70 dollardan 2100 dollargacha bo'lgan narxlarda sotilgan.
SHuningdek, Inoue va Nakatani Yaponiyada pullik translyaciyalarni sotish bo'yicha yangi rekord o'rnatdilar. Yakuniy natijalar hali rasman malum emas, ammo gap taxminan 800 ming pullik translyaciya (PPV) haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, jang butun Yaponiya bo'ylab 116 ta kinoteatrda jonli efirda namoyish etildi. Ichki bozorda pullik translyaciyalarning umumiy daromadi 64-65 million dollarga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Naoya Inoue hakamlarning yakdil qarori bilan Dzyunto Nakatanini mag'lub etib, to'rtta asosiy yo'nalish bo'yicha chempionlik kamarlarini saqlab qolgan edi.

Fikrlar