09 noy 16:16
Yangiliklar
Futbol
"Inter" himoyachisi yil oxirigacha safdan chiqdi
"Inter" himoyachisi Benjamen Pavar Italiya chempionati 11-turi doirasidagi "Atalanta”ga qarshi o'yinda (2:1) jiddiy shikastlandi.
Futbolchi bu yil boshqa maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori.
Franciyalik futbolchining tizza bo'g'imi jarohatlandi. Katta ehtimol bilan u yanvar oyida maydonga qaytadi, deb xabar bermoqda "RMC Sport".
Pavar o'tgan yozda "Bavariya"dan "Inter"ga o'tgan edi. Transfer summasi 30 million evroni tashkil qilgan. 27 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta o'yin o'tkazdi.
Havola :
Manba : RMC Sport
Fikrlar