05 fev 09:16
Yangiliklar
"Inter" Italiya Kubogi 1/2 finaliga chiqdi
"San-Siro"da kechgan qiziqarli to'qnashuvda mezbonlar kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
Milandagi bahs tafsilotlari:
35-daqiqada milanliklar hujumchisi Anj-Yoan Bonni hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi
Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada Andi Diuf "neradzurri"ning ustunligini mustahkamladi
Mehmonlar safida Sandro Kulenovich 57-daqiqada gol urib, o'yinga intrigani qaytardi, biroq turinliklar bundan ortig'iga kuch topa olishmadi — 2:1.
SHu tariqa, "Inter" yarim final yo'llanmasini naqd qildi. Ertaga musobaqaning ushbu bosqichida bizni yana bir super to'qnashuv — "Atalanta" va "Yuventus" bahsi kutib turibdi
Eslatib o'tamiz, Italiya Kubogining amaldagi sohibi "Bolonya" hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda "Milan"ni (1:0) mag'lub etishgan edi

Fikrlar