19 jan 11:28
Yangiliklar
Futbol
Inzagi Italiya Superkubogini yutganidan so'ng fikr bildirdi
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Italiya Superkubogi doirasida "Milan" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Yigitlarda yaxshi yondoshuv bo'ldi. Mavsumdagi dastlabki maqsadimiz ECHL pley-offiga chiqish edi, ikkinchisi esa ushbu sovrinni yutish. SHuning uchun murabbiy sifatida bularni ko'rish men uchun yoqimli.
Biz bundan zavq olamiz, ahir finalda "Milan"ni mana shu tarzda mag'lubiyatga uchratish ajoyib. SHubhasiz, kuchli raqib ustidan g'alaba qozonib, sovrin yutish yoqimli. Bugun bayram qilamiz.
Ertadan boshlab esa keyingi o'yinlar haqida o'ylaymiz. Men yigitlar bilan faxrlanaman. Biz aqlbovar qilmas natijalarga erishyapmiz va kelajakda ham buni davom ettiramiz", - dedi Inzagi.
Havola :
Fikrlar