29 avg 19:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Iqboljon Xoldorov germaniyalik bokschini mag'lub etib, JCH yarim finaliga chiqdi
Jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etayotgan bokschimiz Gamburg turnirida o'zining ikkinchi jangini o'tkazdi.
20 yoshli bokschimiz Iqboljon Xoldorov JCH chorak finalida mezbon bokschi hisoblangan Artyom Xarutyanyanga qarshi jang qildi. Bokschimiz jang davomida raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham muvaffaq bo'ldi. Undan hakamlar jang davomida ikki ochko olib tashlashganiga qaramay, vakilimiz o'zining aniq zarbalari evaziga g'alaba qozondi va JCH yarim finalchisiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
2 та очко олиб ташланса, 28 га 27 Холдоровни устинлиги буларди, агар Полша билан Козок тугри хакамлик килса, умумий хисоб 5-0 буларди, Энди козок уялиб юради ва Тринидад Табоголик реферее хам исми эсимда йук.