26 iyu 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ishonasizmi? "CHechen vikingi" ikkita jangda ikkita zarba o'tkazib yubordi
Xabaringiz bor, bugun Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Kechada asli chechenistonlik bo'lgan Xamzat CHimaev o'n kun ichida ikkinchi marta oktagonga ko'tarildi va raqibini uch daqiqa ichida mag'lub etdi. Xamzat Jon Filipps va Riza Makkiga qarshi kechgan bahslarda jami raqiblariga 192 ta aniq zarba yo'llab, o'zi atiga ikkitagina zarba qabul qilib olgan.
Eslatib o'tamiz, Xamzat UFCda o'n kun ichida ikkita bahsda ishtirok etgan ilk jangchiga aylandi. SHuningdek, u har ikki bahsida ham "Kecha jangchisi" nomiga sazovor bo'lib, qo'shimcha 50 ming dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar