19 okt 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Ishonish qiyin, lekin bu fakt! Gvozdik jang to'xtatilgunga qadar ochkolar hisobida g'alaba qozonayotgan ekan + FOTO
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa avval AQSHning Pensilvaniya shtati Filadefiya shahrida professional boks kechasi yakunlangandi.
Liacouras Center arenasida o'tgan boks oqshomining markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida IBF kamari sohibi Artur Beterbiev WVC chempioni, ukrainalik Aleksandr Gvozdikni 10-raund yakunlanishiga 10 soniya qolgan bir paytda texnik nokautga uchratgan edi.
Etiborli jihati shundaki, referi jangni to'xtatguniga qadar bo'lgan vaqtda Gvozdik ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonayotgan ekan. Birlashtiruvchi chempionlik jangida hakamlardan ikki nafari 87-83 va 86-85 hisobida g'alabani ukrainalik bokschiga bergan. Uchinchi hakam esa 87-83 hisobida Beterbiev g'alaba qozonayotganini qayd etgan.
Havola :
Fikrlar