So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

16 jan 08:26
Yangiliklar

Tadbirlar, Qishki sport turlari

Iskandar SHodiev O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi raisi etib saylandi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ va qishki sport turlari associaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Kasimov dastavval kun tartibiga qo'yilgan masalalarni konferenciya delegatlariga o'qib eshittirdi. Unga ko'ra, Associaciyaning avvalgi rahbariyati o'z xohishiga ko'ra taqdim qilgan lavozimidan ozod etilish haqidagi arizasini ko'rib chiqish, tashkilotga yangi rais va uning o'rinbosarlarini saylash, Ijroqo'm azolarini shakllantirib olish kun tartibidan o'rin olgan asosiy masalalar edi.

Konferenciyani Rustam SHoabdurahmonov ochib berdi.

“Oldimizda masuliyatli yil kutib turibdi. Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga katta tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Niyatimiz – Tokio Olimpiadasi belgilangan muddatda o'tkazilib, unda sportchilarimiz o'z g'alabalari bilan xalqimiz va Prezidentimizni xursand qilishsin. Ochig'ini aytganda, qishki sport turlarida so'nggi yillarda etirof etishga arzigulik natijalarga erisha olmadik. Prezidentimiz tashabbuslari bilan Toshkent viloyatida “Amirsoy” yirik tog'-chang'i kompleksi, poytaxtimizda “Humo arena” ko'ptarmoqli muz saroyi foydalanishga topshirildi. Ishonamizki, bunday bunyodkorlik ishlari qishki sport turlarining rivojlanishiga ulkan turtki bo'ladi”, – dedi MOQ raisi.

Yig'ilish davomida Oybek Kasimov shu paytgacha O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Hakim Rahimovich To'laganovning xizmatlari uchun sport jamoatchiligi nomidan tashakkur bildirdi. O'z navbatida, konferenciya delegatlari Hakim To'laganovning o'z xohishiga ko'ra lavozimidan ozod qilish haqidagi arizasini bir ovozdan qanoatlantirishdi. SHundan so'ng uning o'rniga MOQ raisi maslahatchisi, O'zbekiston xokkey federaciyasi raisi o'rinbosari Iskandar Kasimovich SHodiev nomzodi taklif etildi. Nomzod yig'ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullandi va Iskandar SHodiev O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi raisi etib saylandi.

“Barchaga meni qo'llab-quvvatlashgani va ishonch bildirishgani uchun tashakkur aytib qolaman. Kelajakda muhtaram Prezidentimizning ishonchlarini oqlashga, yurtimizda qishki sport turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqishga vada beramiz. Bu yo'lda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda bir jamoa bo'lib ishlaymiz”, – dedi Iskandar SHodiev.

SHundan so'ng MOQ raisi o'rinbosari Saken Polatov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi vazifasini bajaruvchi Ruslan Mustaev, O'zbekiston xokkey federaciyasining Ijrochi direktori Elbek Mahmudov va boshqa bir qator mutaxassislar Iskandar SHodiev haqida o'zlarining iliq fikrlarini bildirib o'tishdi.

Yig'ilish davomida MOQ raisi maslahatchisi SHerzod Asatullaev va “Amirsoy” tog'-chang'i kompleksi direktorlar kengashi raisi Ravshan Ubaydullaev Associaciya raisi o'rinbosarlari sifatida saylangan bo'lsalar, bungacha faoliyat olib borgan Evgeniy Roxin ushbu lavozimga qayta saylandi. 

SHuningdek, kelgusi hisobot-saylov konferenciyasigacha SHerzod Asatullaev Associaciya Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib boradigan bo'ldi. SHuning bilan, O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing