11 avg 16:39
Yangiliklar
Futbol

Isko jiddiy jarohat oldi
"Betis" xavbeki Isko jiddiy jarohatlandi.
33 yoshli ispaniyalik futbolchi "Malaga"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Yarim himoyachining chap to'pig'i shikastlangani aniqlangan. O'yindan so'ng yarim himoyachi qo'ltiqtayoq yordamida stadionni tark etgan.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Iskoning jarohati jiddiy bo'lib, u 3 oyni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi, bu vaqt tiklanish uchun sarflanadi.
33 o'yin, 12 ta gol va 11 ta golli uzatma – bu Iskoning Ispaniya chempionati o'tgan mavsumidagi ko'rsatkichi.
Havola :
Manba : Reuters
Fikrlar