09 mar 19:58
Yangiliklar

Islam Maxachev UFCdagi hakamlikdan shikoyat qildi
"Bu jang — "iflos jangchi" tarifining yorqin namunasidir. Bitta jangda bunchalik ko'p qasddan qilingan xatolarni ko'rmaganmiz.
1. Klinch holatida barmoq bilan qasddan ko'zga zarar etkazish — bu butun jangga tasir qildi
2. Tizza bilan ikki marotaba taqiqlangan zarba yo'llash
3. "Stoyka" holatida qo'lqoplarni qayta-qayta ushlash
4. Greppling holatida qo'lqoplarni ushlash, barmoqlarni raqib qo'lqopiga tiqish — bu taqiqlangan.
Lekin meni eng ko'p hayratga solgani — bu hakam bo'ldi, u jangchiga xohlaganini qilishiga qo'yib berdi. SHunga qaramay, Tagirning jangidan va mag'lubiyatni qanday qabul qilganidan juda faxrlanaman”, - dedi Islam.
Eslatib o'tamiz, Tagir Ulanbekov va Tim Elliot jangida Kris Toynoni hakamlik qildi. Jang 3 raund davom etdi va unda amerikalik jangchi ochkolar evaziga g'olib deb topildi.
Fikrlar