14 avg 08:32
Yangiliklar
Islam Maxachev Yen Gerri bilan jangdan keyin tez qaytmoqchi
UFC 330 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni Islam Maxachev o'z kamarining ilk himoyasini irlandiyalik Yen Machado Gerriga qarshi o'tkazadi. Agar Islam raqibini mag'lub etib, oktagondan jarohatlarsiz chiqsa, u joriy yil oxirigacha yana bitta jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.
"Agar jarohatlarim bo'lmasa va vazn tashlashda ko'pam qiynalmasam, men uchun bu muammo emas. Ha, men endi yosh yigit emasman. Hozir men uchun har uch-to'rt oyda jang qilish eng maqbuli. Tushunaman, men 28 yosh emas – 34 yoshdaman. Va menda ko'p vaqt qolmadi. Bazida UFC`da hamma narsa o'zingiz xohlagandek bo'lavermaydi. Siz uch-to'rt oydan keyin jang qilishni xohlaysiz, lekin hamma narsa faqat sizning xohishingizga bog'liq emas", – dedi rossiyalik jangchi Demetrius Jonsonga bergan intervyusida.
Agar rossiyalik sportchi g'alaba qozonsa, u yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik unvonini ilk bor himoya qiladi va tashkilot tarixidagi eng uzun g'alabali seriya bo'yicha rekordni yangilaydi. Hozirda bu rekord afsonaviy Anderson Silvaga tegishli.
Avvalroq Maxachev o'zining navbatdagi raqibi sifatida braziliyalik nokautchi Karlos Pratesni ko'rayotganini malum qilgan edi.

Fikrlar