16 avg 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev Yen Gerriga qarshi jangdagi g'alabasiga izoh berdi
UFC 330 turnirida Yen Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etganidan so'ng, rossiyalik chempion Islam Maxachev o'z muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Yen — buyuk jangchi va yaxshi yigit. Men uni hurmat qilaman. U menga yaxshi jang taqdim etdi. Buning uchun unga rahmat. Bu faoliyatimdagi eng og'ir jang bo'ldimi? Menimcha, Avstraliyadagi birinchi jangim qiyinroq bo'lgandi. U jiu-jitsu bo'yicha eng yaxshi murabbiylarning biri bilan ishlayapti. U bilan jang qilish oson bo'lmadi. Yarim o'rta vazn toifasidagi jangchilarni mag'lub etish qiyinroq. Ammo baribir o'z ishimni bajaryapman. Men ularni erga (parterga) yiqitaman va nazorat qilaman", — dedi Maxachev oktagonda.
Malumot uchun, Islam Maxachev promoushenda g'alabali seriya davomiyligi bo'yicha rekord o'rnatdi — 17 ta jang.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar