So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

05 noy 19:25
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Islam Maxachevga raqib qolmadi yoxud so'nggi variant Carukyanmi?

Islam Maxachev – UFC engil vazn toifasining chempioni.

Uning oktagonga qaytishini muxlislar sabrsizlik bilan kutmoqda. Ommaviy axborot vositalarida sportchining qaytishiga bir necha oy qolgani haqida faol gaplashilmoqda. Malum bo'lishicha, u yanvar oyidagi UFC 311 ning asosiy tadbirida jang qilishi kutilmoqda. Islamning raqibi Arman Carukyan bo'ladi degan mish-mishlar mavjud. Raqib uzoq vaqt davomida bu revansh imkoniyatini kutgan, chunki birinchi jangda mag'lub bo'lgandi. Ammo endi unda, nihoyat qasos uchun imkoniyat paydo bo'ladi.

Bunday, hali rasmiy bo'lmagan elon ortidan adolatli savol tug'iladi: "Islam uchun boshqa variantlar bormi?" Hozirda Maxachevda haqiqatan ham boshqa chiqish imkoniyatlari yo'q. Arman bilan jang qilish – UFC uchun foydali imkoniyat. Rossiyada bunday turnir qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishini tasavvur qilish qiyin. Bunday shouga har qanday zal liq to'lishi aniq. Ko'plab odamlar faqatgina jangni tomosha qilish uchun joy topolmay qolishi ham tayin. Bundan tashqari, yigitlar ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlariga dahanaki jang ham uyushtirishmoqda. SHunday qilib, ushbu potencial jangga qiziqish juda katta. Arman hatto jangni oldin tashkil etishga harakat qilganini aytdi.

“Biz UFC 308da jang o'tkazishimiz kerak edi, keyin dekabrda, deyishdi. Ammo hozir menga jang yangi yil boshida bo'lishi aytildi. Men tayyorman va umid qilaman, bu yanvar yoki fevralda bo'ladi. Bu albatta, chempionlik jangi bo'ladi. Men UFC 308da jang o'tkazishni xohlar edim, chunki vaqtimni behuda sarflamoqchi emasman va kutmoqchi emasman, chunki bu yilda faqat bir marta jang o'tkazdim. Albatta, hozir jang qilishni, so'ngra dam olishni va keyin kelasi yilda titulimni himoya qilishni xohlar edim”.

Engil vaznda, Islamga aslida boshqa raqobatchi ham yo'q. Yagona variant - armanistonlik jangchi. Top-5 dan tashqaridagi yigitlar bilan jang qilishni rossiyalik sportchi umuman xohlamaydi. Qolganlar esa qiziqish yoki xavf tug'dirmaydi. Faqatgina tarkibni tahlil qilish kifoya. Xollouey yaqinda Ilya Topuriya tomonidan mag'lub etildi. SHunday og'ir mag'lubiyatdan keyin, u bunday ovozli chempionlik imkoniyatini olmaydi.

Keyingi o'rinda Dastin Pore va Jastin Getji juftligi bor. Islam yaqinda Dastinni engdi va raqibini barcha jihatlarda ortda qoldirdi. Amerikalik so'nggi beshta jangida uchta mag'lubiyatga uchradi. Revansh uchun bu yaxshi statistika emas. Getji bo'lsa Xolloueydan mag'lub bo'lgach o'z-o'zidan chempionlik kurashidan chetga chiqdi. 

Xo'sh, unda CHarlz Oliveyra-chi?Birinchidan, braziliyalik yaqinda Maxachevga qarshi jang o'tkazishga harakat qilgandi. O'shanda, Islam juda oson g'alaba qozondi. Ikkinchidan, ikkinchi o'rinda turgan raqib so'nggi jangida Carukyanga mag'lub bo'ldi. SHuning uchun, CHarlzni chempionlik jangida ko'rish juda g'alati bo'lardi. Uchinchidan, Oliveyra yangi raqibni oldi. U amerikanlik Maykl CHendler bo'ladi.

Ikki chempionlik kamariga ega bo'lish bir variant sifatida ko'rilishi mumkin edi. Yoki engil vazn vakiliga qarshi himoya. Bu sohada Topuriya hukmronlik qilmoqda. Ammo u yaqinda jang o'tkazdi. SHuning uchun, ispaniyalik sportchi yaqin ikki-uch oy ichida oktagonga chiqishi mushkul masala. Bunday muhim janglar uchun tayyorgarlik ko'rmasdan chiqish mumkin emas. Bu total muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Topuriya. Yuqoridagi vazn toifasida esa chempion Bilol Muhammad bo'ldi. U – Islamning yaqin do'sti va qardoshidir. SHunday ekan, bunday jang bo'lishiga ishonish qiyin. SHu bois, hozirda ikki chempionlik kamari orzusi haqida bir oz kutish darkor.

Qizig'i shundaki, Carukyan – Islamning keyingi raqibi rolida yagona variant. Rossiyaliklar o'rtasidagi jangdan qochishning iloji yo'q. Faqatgina tashkilotdan tasdiq kutish qoldi, xolos. 

Siz ushbu juftlik haqida qanday fikrdasiz?

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing