So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

11 noy 22:29
Yangiliklar

Og'ir atletika, Futbol, Karate, Muaytay

Islom birdamligi o'yinlarining to'rtinchi kunini 7 ta medal bilan yakunladik!

Ar-Riyod shahrida Islom birdamligi o'yinlarining to'rtinchi kungi bellashuvlari biz uchun nihoyasiga etdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.  

Bugungi kun yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi 

Sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing: 

Oltin:

Sevinch Rahimova (karate, ayollar, 55 kg).

Kumush:

Gulshan Alimardonova (karate, ayollar, 50 kg)

3 ta: Rigina Adashbaeva (og'ir atletika, ayollar, 86 kg)

Ilya Sibircev (suzish, erkaklar, 200 m masofaga erkin usulda).

Bronza:

Futzal terma jamoamiz.





22:12. Tajribali karate ustasi Sevichn Rahimova Ar-Riyoddagi Islom birdamligi o'yinlari g'olibiga aylandi! U oltin medal yo'lida marokashlik SHayma Elxaytini 7:3 hisobida dog'da qoldirdi va delegaciyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!


22:07. Afsus, suzuvchi yigitlarimiz ham 4x100 kompleks suzish dasturining hal qiluvchi bosqichini ettinchi o'rinda yakunlashdi. Ular 3:51.92 soniya natija qayd etishdi.


21:57. Suzish bo'yicha ayollar jamoamiz 4x100 kompleks suzish dasturi finalida qatnashdi va 4:39.20 soniya bilan ettita jamoa orasida beshinchi bo'ldi.


21:53. Karatechimiz Gulshan Alimardonova ham kumush medalni qo'lga kiritdi. -50 kg vazn toifasida hamyurtimiz eronlik raqibiga mag'lub bo'ldi va kumush medal sohibi bo'ldi.


21:44. Rigina Adashbaevada yana ikkita kumush! Hamyurtimiz siltab ko'tarishda 133 kg ikki kurashda esa 238 kg bilan yana ikki kumush medalga ega chiqdi.


21:30. Ilya Sibircev 200 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida kumush medalga ega chiqdi — 1:50.04.


Suzuvchilarimiz ishtirokidagi yarim finallar yakuniga etdi. Natijalar quyidagicha:

Ayollar, 50 m masofaga chalqancha usulda suzish yarim finali:

5. Parizod Abdukarimova (31.31) finalga yo'l oldi;

Erkaklar, 50 m masofaga chalqancha usulda suzish yarim finali:

9. Mixail Kleshko (26.71) ishtirokini yakunladi;

Erkaklar, 100 m masofaga batterflyay usulida suzish yarim finali:

1. Eldorbek Usmonov (52.92) eng yaxshi natija bilan finalga yo'l oldi;

Erkaklar, 50 m masofaga brass usulda suzish yarim finali:

4. Iskandar Sadullaev (28.49) final masalasini hal qildi.


21:23. Anastasiya Zelinskaya 200 m masofaga erkin usulda suzish bellashuvlari finalida ishtirok etdi va 2:12.12 soniyada marraga etib keldi. Bu orqali hamyurtimiz hal qiluvchi bosqichda sakkiz nafar sportchi orasida oltinchi natijani qayd etdi.


20:46. Og'ir atletikachi Rigina Adashbaeva (86 kg) dast ko'tarish bahslarida kumush medalga ega chiqdi. U 105 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Oldinda siltab ko'tarish bo'yicha bellashuvlar kutmoqda.


19:43. BRONZA! Futzal terma jamoamiz uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Saudiya Arabistonini 1:1 (penaltilar seriyasida 6:5) mag'lubiyatga uchratdi va Islom birdamligi o'yinlari sovrindoriga aylanishdi.


Futzalchilarimizning Saudiyaga qarshi o'yini asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. G'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi.


16:55. -55 kg vaznli muaytaychimiz Aziza Mamurova musobaqani g'alaba bilan boshladi. U ilk jangida liviyalik raqibasini 30:27 hisobida mag'lub etdi.


16:25. -65 kg vazn toifasidagi muaytaychimiz Jahongir Muhiddinov eronlik raqibiga 27:30 hisobida yutqazdi.


16:30. -77 kg vaznli og'ir atletikachimiz Gulshodaxon Dadamirzaeva o'z chiqishini 5-o'rinda yakunladi. 


16:05. -60 kg vaznli muaytaychimiz Hasan Salomov iordaniyalik raqibini 30:26 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


15:55. Karate. -55 kg vaznli Gulshan Alimardonova chorak finalda Saudiya Arabistoni, yarim finalda esa BAA vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. 


14:30. Karatechimiz (-84 kg) SHuhrat Namozov avvaliga Sudan vakilini 3:0 hisobida mag'lub etdi. CHorak finalda esa senegallik raqibiga 0:2 hisobida yutqazdi. 


13:30. Suzuvchilarimiz kunduzgi dasturda ishtirok etishdi: 

4x100 kompleks, erkaklar jamoamiz saralashda 3:57.25 daqiqa bilan finalga o'tdi. 

200 metr, erkin: Anastasiya Zelinskaya 2:12.48 daqiqa bilan finalga yo'l oldi

200 metr, erkin: Ilya Sibircev 1:50.98 daqiqa bilan finalga yo'l oldi


— — — — —

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:  

12:05. Suzish (erkaklar, 50 m masofaga brass usulida, saralash). Iskandar Sadullaev

12:05. Suzish (erkaklar, 50 m masofaga brass usulida, saralash). Muhammadismoil Rahmonov

12:10. Suzish (erkaklar, 100 m masofaga batterflyay usulida, saralash). Abdulazizbek Abdumajidov

12:10. Suzish (erkaklar, 100 m masofaga batterflyay usulida, saralash). Eldorbek Usmonov

12:10. Karate (erkaklar, 84 kg, nimchorak final). SHuhratjon Namozov - Abdalla Ali Mustafa (Quvayt)

12:30. Suzish (erkaklar, 200 m masofaga erkin usulda, saralash). Ilya Sibircev

12:30. Suzish (erkaklar, 200 m masofaga erkin usulda, saralash). Yuriy Petrovnin

13:15. Muay-tay (erkaklar, 55-60 kg, nimchorak final). Hasan Salomov - Ahmad Alhaddad (Quvayt)

14:00. Og'ir atletika (ayollar, 77 kg, final). Gulshodaxon Dadamirzaeva

14:25. Muay-tay (erkaklar, 60-65 kg, nimchorak final). Jahongir Muhiddinov - Masud Abdulmaliki (Eron)

14:55. Muay-tay (ayollar, 50-55 kg, nimchorak final). Aziza Mamurova - Mariana Hijazi (Livan)

18:00. Futzal (erkaklar, bronza medali uchun). O'zbekiston - Saudiya Arabistoni

20:20. Suzish (ayollar, 50 m masofaga chalqancha usulida, yarim final). Parizod Abdukarimova

20:00. Og'ir atletika (ayollar, 86 kg, final). Rigina Adashbaeva

20:35. Suzish (ayollar, 50 m masofaga brass usulida, yarim final). Mahdiya Muxtorova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing