06 noy 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
Islom Birdamlik o'yinlari: bugun boks va futzal bellashuvlarida ishtirok etamiz
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda VI Islom birdamligi o'yinlarining saralash bellashuvlari davom etmoqda.
Bugun O'zbekiston delegaciyasi boks va futzal bahslarida ishtirok etadi.
Futzalchilarimiz Ozarbayjon bilan 2-tur uchrashuvini o'tkazsalar, 3 nafar bokschimiz chorak final jangida ringga chiqadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi bellashuvlar:
15:00. Ayollar, 51 kg, chorak final: Zilolaxon Yusufova - Yara Alamri (Saudiya Arabistoni)
20:15. Ayollar, 57 kg, chorak final: Xumorabonu Mamajonova - Laura Jida Akram (Pokiston)
21:15. Ayollar, 65 kg, chorak final: Mohira Ahmedova - CHaib Ichrak (Jazoir).
Futzalchilarimizning Ozarbayjon termasiga qarshi o'yini esa Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar