28 avg 14:48
Yangiliklar
Futbol
Ispan top-klubi ukrainalik hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Benfika"ning ukrainalik hujumchisi Roman Yaremchuk La Ligaga yo'l olishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, ukrainalik hujumchining xizmatlariga La Ligani muvaffaqiyatsiz boshlagan "Sevilya" qiziqish bildirmoqda.
Andalusiyaliklar Romanni keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.
Yaremchuk o'tgan mavsum Portugaliya klubi safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/Ekremkonur
Fikrlar