O'yin boshlanishi oldidan "Rasing" futbolchilari Ispaniya Superkubogi sohibi bo'lgan "Barselona"ga chempionlik yo'lagi qilib berishdi.
Mezbonlar darvozasi tomon bir soatdan oshiqroq vaqt mobaynida yo'l topa olmagan "Barselona" qiyinchilik bilan g'alabaga erishib, chorak finalga yo'llanma oldi.
"Rasing"ning ikki goli inobatga olinmadi. So'nggi soniyalarda "Rasing" futbolchisi Joan Garsiya bilan birga-bir holatdan unumli foydalana olmadi. So'nggi daqiqada Yamal gol urib, barchasiga nuqta qo'ydi.

Fikrlar