05 okt 14:22
Yangiliklar
![](/upload/storage/89490_220.jpg)
Isroil Madrimov Golovkin - Derevyanchenko jangi haqida fikr bildirdi
Jang oqshomining markaziy to'qnashuvida qozog'istonlik Gennadiy Golovkin ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi bahs olib boradi. Mazkur jang kechasida ringga ko'tariladigan hamyurtimiz Isroil Madrimov Golovkin ishtirokidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Men Derevyanchenkoning Jeykobsga qarshi jangini tomosha qildim, bahs oson kechmadi. SHu sababli, Gennadiy uchun yaxshigina bahs bo'ladi. Ammo, ishonchim komil Gennadiy g'alaba qozonadi. CHunki, uslub bo'yicha Derevyanchenko oldinga boradi. Gennadiyga qarshi ochiq jang qilish mumkin emas. Reja bo'yicha, Golovkin uchun bahs oson bo'lishi kerak. Men Golovkin yana Alvares bilan jang qilishini va uni yana mag'lub etishini istardim. Ammo, bu safar hakamlik adolatli bo'lishi kerak. Fikrimcha, Gennadiy "Kanelo"ni har ikki jangda ham mag'lub etgandi. Ikkinchi jangda u zarbalar soni bo'yicha Alvaresdan ustun kelgandi", - dedi Madrimov vesti.kz sayti muxbiri bilan suhbatda.
Fikrlar