25 sen 11:26
Yangiliklar
Isroil Madrimov Golovkin jangi anderkardida ringga ko'tariladi FOTO
CHarm qo'lqop ustamiz 5 oktyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadigan boks oqshomida ringga chiqadi. Bo'lajak jangda hamyurtimizga meksikalik Alexandro Barrera raqiblik qildi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasda sobiq jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda ukrainalik Sergey Derevyanchenko o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu jangda o'rtaga vakant bo'lib turgan IVF chempionlik kamari qo'yiladi. Golovkin ishtirokidagi jangdan avvalgi bahsda esa aynan Madrimov Barreraga qarshi ringga chiqadi. Yani, Isroil ishtirokidagi jang Golovkin boks oqshomining anderkard jangi sifatida qayd etildi.
Malumot uchun, WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Isroil Madrimov shu kungacha o'tkazgan uchchala jangini ham muddatidan avval yakunlagan. 34 yoshli tajribali Barrera esa 34 ta jangda ringga ko'tarilgan. Hisobida 29 ta g'alaba (18 ta nokaut) va 5 ta mag'lubiyat (1 ta nokaut) bor.
Fikrlar