06 okt 07:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/89539_220.jpg)
Isroil Madrimov "Madison Square Garden"da ringga ko'tarildi
Bokschimiz Isroil Madrimov bugun AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Nyu-Yorkdagi mashhur "Madison Square Garden" arenasidagi jang Madrimov uchun professional faoliyatidagi to'rtinchisi edi. Mazkur bahsda hamyurtimizga meksikalik Alexandro Barrera raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang 5 raund davom etdi. Bokschimiz birinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Beshinchi raundda esa o'zining ketma-ket zarbalari evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi. Aynan o'sha pallada referi jangni to'xtatdi. SHu tariqa, Madrimov faoliyatidagi to'rtinchi jangini ham nokautli g'alaba bilan yakunladi.
SHu tariqa, Isroil o'ziga tegishli WBA InterContinental kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar