04 iyu 14:42
Yangiliklar

Isroil Madrimov meksikalik raqibga qarshi jang oldidan qanday fikrda?
O'sha kuni bokschimizga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladi.
"Jangga tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Bellashuvga ham jismoniy, ham texnik tomonlama yaxshi tayyorlandik. 10 raundgacha sparring janglar olib bordim. Barchasi joyida. Jangga tayyorman. Bo'lajak bahs qiyin bo'lishi aniq. CHunki meksikalik bokschilar chidamli bo'ladi. Navbatdagi raqibim - Norberto Gonsales noqulay sportchi hisoblanadi. Uning rekordi maqtanishga arzigulik bo'lmasada, yutqazgan raqiblari kuchli hisoblanadi. Deyarli barcha janglarini oxirigacha olib borgan. CHempionga qarshi jangdagina nokautga uchragan. Ushbu jang qiyin bo'lishi bilan birga, men uchun katta tajriba bo'lishi kutilmoqda. Nasib qilsa, o'zimga bildirilgan ishonchni oqlayman va navbatdagi g'alabamni qo'lga kiritaman", - dedi Isroil Madrimov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
O'zbek boksiga oid yangiliklarni telegramda kuzatib boring > > > t.me/boxinguzbekistan
Instagram: instagram.com/boxinguzbekistan_official
Tvitter: twitter.com/uzb_boxing
Feysbuk: facebook.com/boxing.uz
Fikrlar