09 iyu 05:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov: "Men chempionlik jangiga tayyorman, ammo..."
Professional bokschimiz Isroil Madrimov meksikalik Norberto Gonsales ustidan qozongan g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barchaga rahmat. raqibim kuchli va chidamli edi. Nokaut chiroyli bo'ldi. Raqibni ko'p bora yiqitishga harakat qildim, biroq uning yiqilishi qiyin bo'ldi.
Bunday zarbalar ustida uzoq vaqt ishlagandim va bu yakunda nokautga sabab bo'ldi.
Men doimo chempionlik jangiga tayyorman. Bu borada ish olib borgandik. Ammo raqiblar rozi bo'lmadi. Mening tayyor ekanigimini promouterlar ham bilishadi", - dedi Madrimov DAZN jurnalistiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Madrimov jangning 6-raundida raqibini nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar