26 mar 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkin?
Professional bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi ehtimoliy raqiblari haqida gapirdi.
"AQSHda ham OAV bilan gaplashganimda ko'pincha shu savolni berishmoqda. Kubalik Erislandi Lara ismli raqibim bor. SHuningdek, Maykl Soro ham bor. Navbatdagi jangim Xudo xohlasa shu ikki raqibdan biriga qarshi o'tkaziladi", - dedi Madrimov.
Qayd etish lozimki, Isroil Madrimov prof boksda 5 ta jang o'tkazganidan so'ng WBA yo'nalishida majburiy davogarga aylandi.
Ayni paytda birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) WBA yo'nalishida Manuel Rosario WBA Super kamari sohibi hisoblanadi. Franciyalik Maykl Soro oltin kamar sohibidir. Erislandi Lara esa WBA Regular kamariga egalik qilmoqda.
Intervyuni to'liq shaklini tomosha qiling
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar