09 iyu 05:42
Yangiliklar

Isroil Madrimov prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazdi
AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tgan va 10 raundga mo'ljallangan ushbu jangda hamyurtimizga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qildi.
DAZN platformasi orqali translyaciya qilinayotgan boks oqshomini bevosita yurtdoshlarimiz ham “Sport” telekanalida jonli efirida tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Jangda tashabbusga erishgan Madrimov Gonsalesni 6-raundda muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, faoliyatidagi uchinchi g'alabasiga erishdi. Bu bilan charm qo'lqop ustamiz o'ziga tegishli bo'lgan WBA Intercontinental chempionlik kamarini ham himoya qildi.
Eslatib o'tamiz, Norberto bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda prof boksda 36 ta jang o'tkazib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan (13 ta nokaut). Bugun 13-mag'lubiyatini qabul qilib oldi (3 ta nokaut).
JANGDAGI NOKAUTNI TOMOSHA QILISH
Fikrlar