26 iyu 19:23
Yangiliklar

Isroil Madrimov: “Uolker gapiraversin, hammasi ringda hal bo'ladi”
“Ha mayli, xohlaganicha gapiraversin. Hamma narsa ringda hal bo'ladi. Xudo xohlasa, bu raqibimni ham mag'lub etaman”, – deydi Madrimov.
– Raqibning janglari qanchalik o'rganib chiqilmoqda?
– Erikning avvalgi janglarini ko'rib, tahlil qilib chiqdik. Hozirgi mashg'ulotlarda unga qarshi taktikalar ustida ishlayapmiz.
– Aynan unga qarshi bahs varianti qanday paydo bo'ldi?
– “Matchroom boxing” va “DAZN” tashkilotlari hozirda shu bokschi Amerikadaligi va jang o'tkazishga tayyor ekanini bildirishdi. Keyin biz bu taklifni qabul qildik.
– Ayrim manbalar bo'lajak jang WBA kamari uchun bo'ladi deb ko'rsatmoqda. SHunga aniqlik kiritib o'tsangiz.
– Ha inshoolloh, shu kamar. Yanayam aniqrog'i, vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun bo'ladi.
Fikrlar