15 may 18:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimovni hafta bokschisi bo'lishi uchun qo'llab-quvvatlang!
O'tgan hafta "Uzbek Tigers" bokschilari Kubaning "Cuba Domadores" jamoasi sportchilariga qarshi jang o'tkazdilar.
Jangda ishtirok etgan -75 kg vaznli bokschimiz Isroil Madrimov Olimpiada, jahon chempioni hisoblangan Arlen Lopesga qarshi jang o'tkazdi va g'alaba qozondi.
Ushbu g'alabasi orqali vakilimiz WSBda haftaning eng yaxshi bokschisi bo'lish uchun nomzod sifatida qayd etildi.
Unga ushbu "jang"da franciyalik Samuel Karmona va qozog'istonlik Saparbay Aydarov raqiblik qilmoqda.
Sportchimizni TVITTER ijtimoiy tarmog'ida ovoz berish orqali qo'llab-quvvatlang!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar