06 okt 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/89725_220.jpg)
Isroil Madrimovni kutib olishga marhamat!
Xabaringiz bor, bugun professional bokschimiz Isroil Madrimov Nyu-Yorkda meksikalik Alexandro Barreraga qarshi jang qildi.
Hamyurtimiz ushbu bahsning beshinchi raundida nokaut evaziga g'alaba qozondi va o'ziga qarashli WBA Intercontinental kamarini himoya qildi.
Isroil Madrimov va uning murabbiyi To'lqin Qilichev ertaga, 7 oktyabr kuni Nyu-Yorkdan soat 09:55 da yurtimizga qaytib keladi. Ular yurtimizda tantanali kutib olinishi rejalashtirilmoqda.
Barcha OAV xodimlari va muxlislarimizni ertaga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga taklif qilamiz.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar