04 iyu 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning jangi uchun poster taqdim etildi FOTO
Xabaringiz bor, 8 iyun kuni (Toshkentda 9 iyun tongida) professional bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda hamyurtimiz meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko'tariladi. Jang tashkilotchilari mazkur to'qnashuvga atalgan posterni taqdim etishdi. Unda malumot berilishicha, jang DAZN platformasi orqali translyaciya qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Norberto shu kungacha prof boksda 35 ta jang o'tkazib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan (13 ta nokaut). 12 marotaba mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut). Isroil Madrimov esa prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar