07 mar 13:36
Yangiliklar
Tennis
ITF Rossiya va Belarus tennischilarining Olimpiada-2024`dagi ishtiroki bo'yicha o'z qarorini elon qildi
Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) Rossiya va Belarus tennischilarining Parij Olimpiadasi va Paralimpiadasidagi ishtiroki borasida bayonot berdi.
"Xalqaro Olimpiya hamda Paralimpiya qo'mitalari kvalifikaciyadan o'tgan hamda har ikki tashkilot talablariga rioya qiladigan Rossiya va Belarus tennischilariga Parij Olimpiadasi va Paralimpiadasida ishtirok etishga monelik qilmaydi. Faqat ularning maqomi neytral sportchi bo'ladi. ITF Xalqaro Olimpiya hamda Paralimpiya qo'mitalari qarorini to'liq qo'llab-quvvatlaydi", - deyiladi bayonotda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar