02 avg 18:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79119_220.jpg)
Jahon boksi yulduzlaridan biri O'zbekistonga tashrif buyuradi
Professional boksda mutlaq jahon chempioni hisoblangan amerikalik charm qo'lqop ustasi Terens Krouford O'zbekistonga keladi.
Bu haqida O'zbekiston professional boks federaciyasi mutaxassisi Sardor Toshxo'jaev videomurojaat orqali malum qildi. U Olimpiya o'yinlari chempioni Fazliddin G'oibnazarov bilan birga boks muxlislarini poytaxtimizdagi "EkoPark"da o'tkaziladigan tadbirga chorlagan.
Ushbu tadbir 8 yoki 9 avgust kuni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Malumot uchun, Terens Krouford amerikalik professional bokschi. Birinchi yarimo'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni (2017 yil). Ayni paytda yarimo'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar