So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

17 sen 09:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionati. Bugun 6 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi, ular orasida Bahodir Jalolov ham bor!

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida havaskor boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

O'z tarixida yubiley - XX marotaba tashkil etilayotgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Bugungacha ulardan ikki nafari - Fanat Qahramonov va Elnur Abduraimov musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Bugun jahon chempionatining navbatdagi kuni 6 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga chiqadi. +91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ilk jangini ukrainalik Cotne Rogavaga qarshi o'tkazadi. Rogava ilk davrada eronlik Ramazon Purdelavardan ustun kelgan. 

Bokschilarimizning bugungi ishtirokini SHahobiddin Zoirov boshlab beradi. Rio Olimpiadasi chempioni qirg'izistonlik jiddiy raqib Azat Usenalievga qarshi ringga chiqadi. Bu jang Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi. 

-91 kg vazndagi bokschimiz Sanjar Tursunov esa hindistonlik Sanjit Sanjitga qarshi bahs olib boradi. -57 kg vazndagi vakilimiz Mirazizbek Mirzahalilov marokashlik Muhammad Hamoutga qarshi jang o'tkazsa, Bobousmon Baturov (-69 kg) AQSH bokschisi Delante Jonson bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. -81 kg vazndagi Dilshodbek Ro'zmetov esa ruminiyalik Andre Aradoay bilan hisob-kitob qiladi. 

Bokschilarimizning bugungi raqiblari:

-52 kg: SHahobiddin Zoirov - Azat Usenaliev (Qirg'iziston), (A ring, 15:40 dan so'ng)

-91 kg: Sanjar Tursunov - Sanjit (Hindiston) (B ring, 17:40 dan so'ng)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Muhammad Hamut (Marokash) (B ring, 19:25 dan so'ng)

-69 kg: Bobousmon Baturov - Delante Jonson (AQSH) (B ring, 19:55 dan so'ng)

-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov - Andrei Aradoay (Ruminiya) (B ring, 21:20 dan so'ng)

+91 kg: Bahodir Jalolov - Conte Rogava (Ukraina) (B ring, 22:30 dan so'ng)

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
17 sen 14:11:39
Nurmuhammad Abdullaev
Bobousmondan umid bor edi lekin kechagi jangi... òzbek bokschilarda texnika òlyaptimi? Oldingi avlodda texnika ham shijoat ham bor edi. Murabbiylar taxlil qilib xatolarni bollarga tushintira olishsinda. Shahobiddin bn Mirazizni jangini kòrib mazza qilyapman...
+1   
17 sen 13:08:11
Nurmuhammad Abdullaev
Elyor Suvanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Kechagi jangni fanatga berish kerak edi
Fanatni birinchi jangidela bu chempionatga uzb tarkibi uchun noloyiqligi malum edi. Bu uni kamsitishmas u xali yosh va texnikasini yanayam mukammallashtirishi mumkin. Lekin ayni payitda murabiylar tomondan bu tanlov tavakkalmas aniq xatoligi birinchi jangdela malum edi. 75kg ga boshqa davogarlar yoqmidi?!
+1   
17 sen 13:00:35
Nurmuhammad Abdullaev
Akmal Akramovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Хурматли администратор онлайн трансляция бўладими? Ушбу сайтда???????????????????????????
Akmal yotubedan pryamoy qòyib beryapti istasez chiqadi.
+1   
17 sen 12:35:55
Angren.
Фанат билан Элнур ним чорак финалгачаям етиб кела олишмадия??? Сайт ходимлари илтимос мураббийларимиз билан хам мулокот утказиб берилар, биз мухлисларни уларга берадиган бир икта саволларимиз бор эди. Иложини топсейла совоб тагида колардила лекин..
   
17 sen 18:10:46
Judo 1
75 kgda Madrimovni nima bo'lishidan qat'iy nazar yana bir bor ko'ndirish kerak edi. Agar sovrindor bo'lsa, balkim olimpiyada uchun motivatsiya bo'lar edi.
   
17 sen 12:24:41
Elyor Suvanov
Kechagi jangni fanatga berish kerak edi
   
17 sen 12:24:41
Elyor Suvanov
Kechagi jangni fanatga berish kerak edi
   
17 sen 12:23:47
Elyor Suvanov
Olga azamatlar.
   
17 sen 10:00:45
Akmal Akramovich
Хурматли администратор онлайн трансляция бўладими? Ушбу сайтда???????????????????????????
   
17 sen 09:46:49
Dilshot Solihov
Adminla bokischilarimiz chiqadigan vaxtlarda xatolik ro'y bermadimi o'zi ikkta ring bo'lsa to'rta ishtirokchimiz 19.00 da ringa chiqadi dvosila.
   
17 sen 09:41:55
Akmal Akramovich
Прямая трансляция бўладими?
   
17 sen 09:39:31
Jurabek Xamraev
Олга йигитлар оркангизда бутун Узбекистан куллаб кувватлайди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing