07 okt 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. Gulasal Sultonalieva uchun JCH yakunlandi
Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -48 kg vaznli bokschimiz Gulasal Sultonalieva ikkinchi jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga angliyalik Demei Resztan raqiblik qildi. Afsuski, Gulasal JCHdagi ikkinchi jangida 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Eslatib o'tamiz, u ilk jangida qozog'istonlik raqibasidan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar