15 sen 22:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempionati. Prof bokschimiz Sanjar Tursunov ilk jangini o'tkazdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonligida o'tayotgan havaskor bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Hozirgina -91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov jahon chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi. Prof boksda debyut qilishga ulgurgan Sanjar braziliyalik Abner Teysheyra Da Silvaga qarshi ringga ko'tarildi.
Uch raund to'liq davom etgan qiziqarli va murosasiz jang yakunida Sanjar Tursunov hakamlar qaroriga ko'ra 5:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar