So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

23 sen 04:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionati qahramonlari Toshkentda tantanali tarzda kutib olindi

Xabaringiz bor, 9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi azolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Qayd etish lozimki, hali xech qaysi jahon birinchiligida o'zbekistonlik bokschilar uchta oltin medalga ega chiqishmagandi. 

Bugun tunda musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz O'zbekistonga etib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Ramatov Achilbay Jumaniyazovich, Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, sport jamoatchiligi, muxlislar, OAV xodimlari va sportchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, musobaqada terma jamoamiz safida SHahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) oltin medalni qo'lga kiritdi. Dilshodbek Ro'zmetov (-81 kg) finalgacha etib bordi va kumush medalga sazovor bo'ldi. Bobousmon Baturov (-69 kg) esa bronza medalini terma jamoamizga taqdim etdi. 

Qayd etish lozimki, O'zbekiston terma jamoasi musobaqa yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni esa 3 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan mezbon Rossiya terma jamoasi band etdi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Qozog'iston terma jamoasi bokschilari yakun yasashdi. Kuba (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) va Angliya terma jamoalari (1 ta kumush, 2 ta bronza) mos ravishda 4 va 5-o'rinni egalladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
23 sen 08:44:20
Judo 1
Bokschilarmiz haqiqiy qahramonlik ko'rsatishdi. Achilbay Jumaniyozovich boks faoliyatini qo'llab-quvvatlab, shuncha sharoitlar yaratib berilgani uchun alohida rahmat!
   
23 sen 09:11:22
Umed umed
Bokschilarimizga BRAVO!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing