16 sen 07:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempionati. Sanjar Tursunovning g'alabali jangidan FOTOGALEREYA
Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonligida o'tayotgan havaskor bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Kecha oqshom -91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov jahon chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi. Prof boksda debyut qilishga ulgurgan Sanjar braziliyalik Abner Teysheyra Da Silvaga qarshi ringga ko'tarildi.
Uch raund to'liq davom etgan qiziqarli va murosasiz jang yakunida Sanjar Tursunov hakamlar qaroriga ko'ra 5:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar