17 sen 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. SHahobiddin Zoirov qirg'izistonlik kuchli raqibiga qarshi jang o'tkazdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida havaskor boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
O'z tarixida yubiley - XX marotaba tashkil etilayotgan jahon chempionatining -52 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHahobiddin Zoirov uchinchi jangini o'tkazdi.
Rio Olimpiadasi chempioni qirg'izistonlik jiddiy raqib Azat Usenalievga qarshi ringga chiqdi. Ushbu jangda raqibiga nisbatan ustunlikka erisha olgan Zoirov 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar