So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

04 avg 17:45
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Jahon chempionati sovrindori Islomjon Bahromovga Olimpiadada kimlar raqiblik qiladi? (Barcha tafsilotlar)

Ertaga Parij Olimpiadasi doirasida sport kurashlari bellashuvlariga start beriladi.

Musobaqada sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Olimpiadada 3 nafar erkin kurashchimiz, 3 nafar yunon-rim kurashchimiz va yagona ayol kurashchimiz gilamga chiqadi.

Olamsport.com Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tasdiqlagan ro'yxatga ko'ra sportchilarimizga turnir doirasida kimlar raqib bo'lishi haqida malumot berib boradi.

O'tgan sonlarda erkin kurashchilarimiz G'ulomjon Abdullaev, Razambek Jamalov va Javrail SHapievning, shuningdek, ayollar kurashidagi yagona vakilamiz Aktenge Keunimjaevaning bo'lajak raqiblari haqida so'z yuritgan edik.




Navbat yunon-rum kurashidagi sportchilarimizga. Ilk vakilimiz 60 kg vazn toifasidagi Islomjon Bahromov.

Bahromov uchun bu faoliyatidagi debyut Olimpiada bo'ladi, Tokioda uning vaznida Elmurat Tasmuradov musobaqada ishtirok etgan edi. Tasmuradov hozirda yunon-rum terma jamoa jamoamiz murabbiyi. Islomjon Belgraddagi Jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritish asnosida Parij Olimpiadasi yo'llanmasiga ham ega chiqqan edi.

Islomjonning Parijdagi chiqishi ertaga, 5 avgust kuniga to'g'ri keladi.



Islomjon Bahromovga Olimpiadada quyidagi yunon-rum kurashchilari raqiblik qilishi mumkin:

Abdelkarim Fergat (Jazoir)

Murad Mamadov (Ozarbayjon)

Liguo Sao (Xitoy)

Kevin De Armas (Kuba)

Moamen Moxamed (Misr)

Jamal Valizade (Qochoqlar mamlakati)

Mehdi Moxsen Najad (Eron)

Kenichiro Fumita (Yaponiya)

Aydos Sultangali (Qozog'iston)

Jolaman SHarshenbekov (Qirg'iziston)

Viktor Siobanu (Moldova)

Se Ung Ri (KXDR)

Razvan Arnaut (Ruminiya)

Georgiy Tibilov (Serbiya)

Enes Basar (Turkiya)

Rayber Rodriges (Venesuela).



Vaznning amaldagi g'olibi kubalik Luis Orta musobaqaga kelmagan. Kumush medal sohibi Fumita esa Parijda o'z medalini oltinga aylantirishga harakat qiladi. SHuningdek, bronza medali egalari xitoylik Valixan Sailike hamda Rossiya vakili Sergey Emelin ham bu safargi musobaqani o'tkazib yuboradi.

Islomjonning natijalariga to'xtalsak, u Jahon chempionatining bronza medali sohibi, Osiyo chempioni va ikki karra bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing