26 okt 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda
Boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
O'quv-mashg'ulot yig'ini poytaxt viloyatining Yangiobod bazasida o'tkazilyapti. Bosh murabbiy Bexzod Hidirov mashg'ulotlarga terma jamoaning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilarini taklif qilgan.
Jahon chempionati 17-26 noyabr kunlari oralig'ida “Sibur Arena”da bo'lib o'tadi. 17-18 yoshli bokschilar qatnashadigan dunyo birinchiligida dunyoning 65 davlatidan 400 nafardan ziyod bokschilar ikki hafta mobaynida medallar yo'lida ringga ko'tarilishadi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ushbu jahon chempionatida to'liq tarkibda ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar