So’nggi yangiliklar

08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0

03 sen 09:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionatining eng yaxshilari malum, ular orasida biznikilar...

Teglar :  BoksKubaUkraina
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida bir nechta nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar elon qilindi.

Afsuski, ular orasida o'zbekistonliklardan hech kim yo'q. Lekin charm qo'lqop ustalarimiz biz uchun eng yaxshilari. SHahram G'iyosov, Iqboljon Xoldorov eng yaxshi bo'lishga munosib nomzod edi. Lekin musobaqa tashkilotchilari va Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA)ning qarori o'zgacha bo'ldi.

Ukraina terma jamoasiga yagona oltin medalni taqdim etgan Oleksandr Xijnyak Gamburgdagi jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi. -75 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan Xijnyak final jangida qozog'istonlik Abilxan Amankulni yaqqol ustunlik bilan mag'lub etdi.


Jahon chempionatining eng yaxshi jamoasi sifatida haqli ravishda Kuba terma jamoasi etirof etildi. Ozodlik oroli vakillari 5ta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Xoanis Argilagos (49 kg), Yosbani Veitiya (52 kg), Endi Krus Gomes (64 kg), Xulio Sesar la Krus (81 kg) va Erislandi Savon (91 kg) jahon chempioniga aylanishdi.

Jahon chempionatining eng yaxshi hakami nominaciyasida AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Billi Uolsh g'olib bo'ldi. Uning shogirdlari jahon chempionatida 3ta medal qo'lga kiritishdi. Dak Regan (56 kg) kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Fredyus Roxas (64 kg) va Troy Isli (75 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.


“Halol o'yin” (Fair Play) sovrini bu safar armanistonlik bokschiga nasib etdi. 27 yoshli Artyom Arutyunyan Rio-2016 Olimpiadasida ham bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Gamburgdagi jahon chempionatida u mag'lubiyatni ham xuddi g'alabadek xursandchilik bilan qarshi oldi. 


Reyting:    

Fikrlar

+2   
03 sen 10:25:53
uzbekboks
Ukrainalik bokserga respect,lekin u nastoyawiy,dostoyniy bokser bilan xali ringga chiqmadi yani Isroil bilan
   
03 sen 15:59:46
Uzbek Tiger
Endi kubinslarni ham bolalari "dada" deb chaqirishadida
   
03 sen 14:44:48
Aslanbek
uzbekboks foydalanuvchining fikriga javob berish
Ukrainalik bokserga respect,lekin u nastoyawiy,dostoyniy bokser bilan xali ringga chiqmadi yani Isroil bilan
Тўппа тўғри фикр билдирдингиз. амалда бу вазнда Исроил Мадримов хақиқий чемпион.
   
03 sen 10:27:22
praff yana praff
topa togri
   
03 sen 10:26:05
praff yana praff
aiba karrupsya avj olganmi deyman
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing