So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

19 noy 12:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionatining ilk kunida 5 nafar bokschimizning barida g'alaba

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) boshlandi.

17-18 yoshli bokschilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 75 davlatidan 402 nafar charm qo'lqop ustasi 10ta vazn toifasida ishtirok etmoqda. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti.

Etiborlisi, jahon chempionatining ilk kuni ringga ko'tarilgan 5 nafar bokschimizning barchasi raqiblarini katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi.


52 kg vaznda qatnashayotgan Otabek Xolmatov ilk jangida qirg'izistonlik Fatxiddin Hamroevdan 4:1 hisobida ustun keldi.

64 kg vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan hamyurtimiz Behruz Rahmonov ilk jangida ozarbayjonlik Baxtiyor Gazibaevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Besh nafar hakamning barchasi bir ovozdan 5:0 hisobida Behruzning g'alabasini taminlashdi.

69 kg vazndagi bokschimiz Ulug'bek Sobirov ham xuddi shu hisobda zafar quchdi. U yaponiyalik raqibi Zen Kuroyanagini mag'lubiyatga uchratdi.  

75 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgan SHohruzbek Rustamov ham jahon chempionatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. U belaruslik Yagor Skamaroxni 5:0 hisobida engdi.

81 kg vazndagi charm qo'lqop ustamiz Sanjar Tursunov esa litvalik Vilandas Valchiukasni 5:0 hisobida mag'lub etdi. 


Reyting:    

Fikrlar

   
19 noy 13:03:18
Sayfullox Real & Chelsea fanat
Bugun Futbol kuni
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing