22 fev 13:37
Yangiliklar
Futbol
Jahon chempioni "Al Nassr"ga o'tishni istamoqda
Mario Gyotce "Al Nassr"da Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashni xohlamoqda.
Frankfurtning "Ayntraxt" yarim himoyachisi Mario Gyotce Saudiyaning "Al Nassr"ida Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashni istashini aytdi.
"Agar tanlovim bo'lsa, men "Al Nassr"ga o'tgan bo'lardim, chunki u erda Krishtianu Ronaldu o'ynaydi", - deya fikr bildirgan 2014 yilgi Jahon chempioni.
Joriy mavsumda Mario Gyotce klub uchun barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi.

Havola :
Fikrlar